O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi
Aloqa
(+99893) 630-82-75
E-mail
info@filarmoniya.uz
Ish vaqti
Du - Sha 8:00 - 19:00
Murojaat yuborish
«ANDIJON FILARMONIYA»
Andijonfilarmoniya.uz » Biz haqimizda » O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi xaqida

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi xaqida

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3813-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 2 iyuldagi  400-sonli hamda Andijon viloyat hokimining 2018 yil 2 iyuldagi 450-q sonli   Qarorlariga asosan 2019 yil yanvar oyidan faoliyatini boshlagan. 
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘limi o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan va avloddan-avlodga noyob meros sifatida o‘tib kelayotgan musiqa, milliy raqs va estrada, an’anaviy va klassik ijrochilik san’atlarini yanada boyitish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga bu bebaho boyliklarga chuqur hurmat va havas tuyg`ularini singdirish, ularda milliy madaniyatimiz, qadriyatlarimizga nisbatan ehtirom hislarini yuksaltirish; 
- milliy, mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atini ilg‘or yutuqlar asosida rivojlantirish;
musiqa, raqs, an’anaviy va klassik ijrochilik san’atini viloyatda, respublikada hamda qo‘shni va chet davlatlarda keng targ‘ib qilish maqsadida badiiy jamoaning keng ko‘lamli dasturlarni boyitgan holda samarali gastrol–konsert faoliyatini uyushtirish; 
- san’at ixlosmandlarini musiqa va raqs san’atiga bo‘lgan ma’naviy ehtiyojini qondirish maqsadida badiiy jamoaning repertuarlarini milliy va xorijiy, mumtoz kuy-qo‘shiqlari hamda raqslar bilan barxamand qilishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan. 
 
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘limi direktori Ahmedov Raximjon Kirgizalievich.
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasida jami 45 nafar xodilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan boshqaruv 9 nafar hamda ijodiy jamoasida  36 nafar xodimlar faoliyat olib bormoqda. Ijodiy jamoa tarkibida  1 nafar badiiy rahbar, 1 nafar baletmeyster, 1 nafar suxandon, 1 nafar ovoz rejissyori, 1 nafar  ovoz operatori, 8 nafar xonanda, 10 nafar sozanda, 13 nafar raqqo va raqqosalar mavjud.
Bugungi kunda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasining konsert dasturlarini mukammallashtirish uchun Maqom asarlaridan “Nasri uzzol”, “Ufori uzzol”, “Bayot-2”, Buzruk maqomidan   “Rok” va taronalari, “Yali-yali”, mumtoz kuylardan “Gulizorim”, “Ul parivash”, “Gulbaxor va tanovor”, “Tanovor”, “Ko‘ngil taronasi”, “Favvora”,  mumtoz qo‘shiqlardan  “Farzandim”, “G‘amzasin”, “Farg‘ona tong otguncha”,  “Sog‘indim”, “Shaydo denglar”, “O`shal damlar”, “Bo‘lmasa”, “Ajab moyil”, “Naylayin”, “Oy qizlar”, “Andijonim”, “Biram nozik”, “Kuldi bahorim” kabi asarlar xonanda va sozandalar tomonidan o‘rganildi. 
Ijodiy jamoa repertuarida “Armug‘on”, “Munojot”, “Kuygay”, “Tamanno”, “Andijon samosi”, “Gul mavsumi”, “Azim daryo”, “Onang bo‘lsa ”, “Xush kelibsiz” “Yor istab va mustahzod”, “Bir yor”, “Andijonlik oyimlar”, “Sog`indim man”, “Adolat tanovor”, “Ey sarviravon” “Sallamno” “Favvora”, “Xayoli qiz”, “Dildor”, “Bahor ayyomi”, “Fasli navbahor”, “Bu gulshan soz”, “Mavrigi”, “Ey dil”, “Qaro ko‘zlar” va shunga o‘xshash juda ko‘p halqimiz tomonidan sevib tinglanadigan kuy va qo‘shiqlar mavjud.  
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi   ijodiy jamoasining repertuaridan joy olgan barcha asarlarga muntazam ravishda raqslar sahnalashtirilib, sahnalarda ijro etilmoqda. 
Jamoada faoliyat ko‘rsatayotgan raqqosa qizlar esa repertuardagi mavjud bo‘lgan asarlardan  Xanuz, Aylab keling, “Sallamno”, “Mustaxzod”, “Adolat tanovori”, “Fasli navbahor”, “Bayram tantanasi”, “Ko‘ngil taronasi”, “Ufori uzzol”, “Azarbayjoncha”, “O‘shal damlar”, “Xayoli qiz”, “Andijon polkasi”, “Surxoncha raqs”, “Galdr”, “Ul parivash”  kabi kuy – qo‘shiqlarga, shuningdek, viloyat hamda respublika miqyosida o‘tkazilayotgan tadbirlarga ommaviy hamda yakka tartibdagi raqslarni  sahnalashtirilgan.
Ijodiy jamoa repertuarida mavjud bo‘lgan mumtoz asarlarni doimiy sayqallab, me’yoriga etkazish ustida muntazam ravishda ijodiy izlanishlar olib borilmoqda.
 
O‘zbek milliy mumtoz va raqs san’atini hamda klassik san’atni aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi Respublika va viloyatlar  san’at saroylarida, madaniyat markazlarida, amfiteatrlarda va boshqa tomosha zallarida o‘zining xisobot va yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etdilar.
Jumladan,  2019 yil 13-fevral kuni Andijon viloyat Qo‘g‘irchoq teatri binosida “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga bag‘ishlab “Siz sog‘ingan navolar” deb nomlangan hisobot konserti namoyish etilib, yuqori saviyada o‘tkazildi. 
2019 yil 23-oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi tomonidan “O‘zbegim taronasi - ona yurt durdonasi” deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturi namoyish etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil                                                  5 fevraldagi 88-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida   2020 yil 24 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi Ashula va raqs ansamblining navbatdagi “San’atim saodatim” deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturi namoyish etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil                                  5 fevraldagi  88-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 4-mart kuni Andijon shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi “Muxabbatga oshno san’atim” deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturi namoyish etildi. 
2021 yil 30-yanvar kuni Xonobod shahrida o‘tkaziladigan “San’atim saodatim” deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturi namoyish etildi. Konsert dasturida ansambl xonanda, sozanda va raqqosalari tomonidan milliy, zamonaviy kuy- qo‘shiq va raqslar ko‘tarinki ruxda ijro etildi. 
Shuningdek, 1-mart  kuni Toshkent viloyati Quyi chirchiq tumanida joylashgan “Beruniy” madaniyat saroyida, 3- mart   kuni Parkent  tumanida, 4-mart   kuni Oxangaron  tumanida, 5-mart   kuni  tumanida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasining ansambl xonandalari, sozandalari  va raqqosalari tomonidan  tayyorlangan jonli ijrodagi konsert dasturi namoyish etildi. 
2022 yil 7-aprel kuni Andijon viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasining “Dildan ketmas navolar” deb nomlangan xisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Konsertda xonanda, sozanda, raqqos va raqqosala tomonidan ijro etilgan jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar, dilrabo raqslar tomoshabinglar olqishiga sazovor bo‘ldilar. 
Ushbu konsert dasturlari Respublika va Andijon viloyat ommoviy axborot vositalari orqali tasvirga olinib televideniya orqali namoyish etildi.
 
2019-2022 yillarda O‘zbekiston davlat filarmontyasi Andijon viloyat bo‘linmasi xonanda, sozanda va raqqosalar viloyat, respublika hamda xalqaro ko‘rik-tanlovlar hamda festivallarda ishtirok etib faxirli o‘rinlarga sazovor bo‘lganlar. 
2019 yil Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida hamda   Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro hunarmandlar festivali” da Andijon viloyat bo‘linmasi xonanda, sozanda hamda raqqos va raqqosa qizlari faol ishtirok etdilar. 
2019 yil oktyabr oyida Andijon viloyatida Mukarrama Turg`unboeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida jamoa raqqosasi Nurjaxon Xaydarova ishtirok etib faxrli birinchi o‘rinni egallab, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etdi.
2020 yil aprel, may, iyun, iyul, avgust, sentyabr  oylarida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi karantin davrida O‘zbekiston Madaniyat va ziriligi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan o‘tkazilgan ONLAY TANLOVlarda ham faol ishtirok etib faxrili o‘rinlarni egalladilar.
Jumladan, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan "Ofatni xaydaymiz" qo‘shig‘iga e’lon qilingan raqs tanlovida raqqos yigitlar Asadbek Abaqulov va Dilyorbek Raxmatillaevlar o‘y sharoitida raqs ijro etib, internet tarmog‘i orqali taqdim etdilar. Mazkur tanlovda Andijon viloyat bo‘linmasi raqqosi Asadbek Abaqulov faxrli 2-o‘rinni qo`lga kiritib, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining maxsus diplomi bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi yakka va jamoa ijrochiligida milliy mumtoz, estrada va akademik xonandalik, sozandalik va raqs san’ati bo‘yicha ONLAY TANLOVI e’lon qilindi. Ushbu tanlov shartlari asosida Andijon viloyati bo‘linmasining ijodiy jamoasi tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib borildi. Mazkur tanlovning eng chiroyli raqs kompozisiya bo‘yicha bo`linma raqqosalari Oydin Ismanova va Niginabonu Sayfutdinovalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.  
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi yakka va jamoa ijrochiligida milliy mumtoz, estrada va akademik xonandalik, sozandalik va raqs san’ati bo‘yicha ONLAY TANLOVI e’lon qilingan edi. Ushbu tanlov shartlari asosida Andijon viloyati bo‘linmasining ijodiy jamoasi tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib borildi. Mazkur tanlovning sozandalar tomonidan ijro etilgan eng sara kuylar bo‘yicha bo`linma sozandalari Shavkatbek Maripjonova va Asadbek To`lqinovlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.  
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hududiy bo‘linmalarining xonandalari o‘rtasida “SABR” she’ri bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Andijon viloyati badiiy jamoa xonandasi Axrorbek Jamoliddinov g‘olib deb topildi.
2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil                      6 apreldagi “Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shgan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 271-sonli qaroriga asosan ijodiy jamoa baletmeysteri  Holmatova Oyista Abduraxmonovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.  
2021 yil 10-fevral kuni Andijon viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida “Jonli ovoz” jonli qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi  sozandasi   Abrorbek Jamolidinov o‘z tomonidan ijro etilgan “Shukur deyman” qo‘shig‘i bilan ishtirok etib, fahrli 1-o‘rinni egalladi. 
10-iyun kuni Andijon viloyat qo‘g‘irchoq teatrida o‘tkazilgan O‘zbekiston yosh va umidli iqtidorli yoshlarni muntazam rag‘batlantirib borish maqsadida “Nihol-2021”  Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi hodimi, raqqos Abaqulov Asadbek fahrli 1-o‘rinni egallab viloyat madaniyat boshqarmasining faxriy yorlig‘i, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib,  respublika bosqichida ishtirok etish yo‘lanmani qo‘lga kiritdi.
23-iyun kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida joylashgan I.Karimov nomidagi San’at va teatr saroyi yozgi amfiteatri sahnasida Mustaqilligimizning o‘ttiz yilligiga bag`ishlangan “Yangi  O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” qo‘shiqlar tanlovida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi ijodiy hodimi Javohirbek Tojiboev o‘z yangi ijodi bilan ishtirok etdi. 
9-11-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro  “Kuz sadosi-2021” onlayn ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, ansambl sozandalar jamoasi faxrli 1-o‘rin, raqqosalar jamoasi 2-o‘rin, ansambl xonandalari Adaxamjon Abdulxaev va Sanjarbek Omonovlar 2-o‘rin, ansambl raqqosi Ismoilov Abdumannob 2-o‘rin, ansambl raqqosasi Sayfutdinova Niginabonu 2-o‘rin, ansambl sozandasi To‘lqinov Asadbek 2-o‘rinni egallab diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
4-5-6 noyabr kunlari Turkiya davlatining Adana shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Tarsus" xalqaro festivali o‘tkazildi. Festivalda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo`linmasining mohir xonanda, sozanda va raqqosalari ishtirok etdilar.
Shu bilan birga, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi 2021 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent viloyatiga hamda 2022 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Toshkent shahriga, Surxondaryo, Buxaro, Farg‘ona viloyatlariga gastrol-konsert safariga borildi.
6-06-2023, 20:16 / Biz haqimizda / Yangiliklar

Добавить комментарий

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Andijon filarmoniyasining

01 дек 2025 ,admin2
2025-yil 24-27-oktyabr kunlari...

Andijon filarmoniyasi Saudiya

01 дек 2025 ,admin2
2025-yil 2-11 oktyabr kunlari Saudiya...

Andijon filarmoniyasi

27 ноя 2025 ,admin2
Andijon viloyatining turizm salohiyatini...
up